Yangiliklar

Tarixiy xotira – millat kelajagining mustahkam poydevori

Tashrif davomida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Hasanov Baxtiyor Vaxapovich ishtirokchilarga qatag‘on davri tarixi, uning xalqimiz taqdirida qoldirgan og‘ir izlari hamda tarixiy xotirani asrashning bugungi kundagi ahamiyati haqida mazmunli ma’ruza qildi.

Ma’ruza jarayonida qatag‘on yillarida yuz bergan fojeali voqealar, milliy ziyolilarimizning hayoti va faoliyati, ularning ilm-fan, ma’rifat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Slide 1 of 1