Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat G. Xoliqulova fuqarolar murojaatlari bilan ishladi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Fuqarolar asosan ijtimoiy yordam, bandlik, kommunal xizmatlar hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, qonuniy yechim topish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Deputat tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammolariga yechim topish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Slide 1 of 1