Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashiga Milliy tiklanish partiyasidan saylangan deputat T.Abduxoliqov Janga-jap OFY hududidagi 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Deputat, MTMda ishlovchi xodimlar bilan suhbatlashib, suhbat davomida sohadagi muammolar va ularning fikr-takliflarini ham tingladi.