Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 51-son maktabda sog‘lom ovqatlantirish holati nazorat qilindi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda Shovot tuman SEO va JSB xodimlari bilan birgalikda tumandagi 51-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida monitoring ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosi, maktabda sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularni saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🍽 Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va taomlar sifati yuzasidan ham atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ Monitoring yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4