👤 Sessiyaga Kengash raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich raislik qildi. Unda mahalliy deputatlar va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.
📋 Sessiya kun tartibi doirasida qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 2026-yil mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari taqsimoti
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari
🔹 “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish
🔹 favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar
🔹 byudjet daromadlarini ta’minlash holati
🔹 qishloq xo‘jaligi uchun suv limitlari
🔹 maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik maqom berish
🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari
💬 Muhokamalar davomida deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, har bir masala atroflicha ko‘rib chiqildi, sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan
masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.