🔴Mazkur so‘rovda saylovchilar murojaatlari asosida “Qumqishloq” mahallasining “Markaz” ko‘chasidagi 700 metr hamda “Madaniyat” mahallasining “Fidokorlar” ko‘chasidagi 300 metr yo‘lni asfaltlash masalasi ko‘tarilgan.
🔴Deputat tomonidan ushbu ichki yo‘llarni joriy yilgi manzilli dasturga kiritish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirilgan.
🔴Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ushbu tashabbusning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.