DEPUTAT QABULI: HAR BIR
MUROJAAT E’TIBORDA
13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi
deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlik guruhi a’zosi M.Usmonova
tomonidan hududdagi “Do‘ngqo‘rg‘on” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli
o‘tkazildi.
Mazkur qabulda “Mahalla
yettiligi” bilan hamkorlikda fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglanib,
ularga joyida amaliy echimlar izlandi:
· Bandlik masalasi: Doimiy ish so‘rab murojaat qilgan fuqaroga Argos.uz
(Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) platformasi orqali hujjat
topshirish va vakant lavozimlarga tanlovda ishtirok etish tartibi batafsil
tushuntirildi.
· Ijtimoiy ko‘mak: Moddiy yordam so‘ragan fuqaroning masalasi qonuniy
ko‘rib chiqilishi uchun mahalla ijtimoiy xodimiga biriktirildi.
· Salomatlik muhofazasi: Tibbiy yordamga muhtoj fuqaroning murojaati
yuzasidan tuman Tibbiyot bo‘limi rahbariga yo‘naltirilib, amaliy yordam
ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.
Deputat tomonidan har bir
murojaatning ijrosi nazoratga olindi. Maqsad — aholi muammolarini mahalla
darajasida hal etish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashdir.
Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/