✅Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi.
✅Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.
✅Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati.
✅Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari.
✅Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.
✅Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.
✅Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati.
✅Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
✅Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati.
✅Kuz-qish mavsumida isitish tizimi.
✅Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati.
✅Nogironligi mavjud shaxslarga
davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati.
✅Davlat xizmatlari, FHDYo
organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.
✅Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.
✅ Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat.
✅ Aholi bandligi masalalari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi