Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mahallalarda obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda
янв.21
“Novqa” MFYda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📖 Kitob — bilim manbai, deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI ANONSI
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA  SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA YUGIRISH MARAFONI O‘TKAZILDI.
#tavsiyalar_asosida_dxm
#tavsiyalar_asosida_dxm
Davlat xizmatlari markazi — bugun oddiy xizmat joyi emas, qulaylik va tezkorlik markazi sifatida ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar markazda fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlarni joyida o‘rgandilar.

Bu yerda xizmatlar bir joyga jamlangan: pasport rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini (prava) olish, turli hujjatlar bo‘yicha murojaatlar — barchasi tez va aniq tartibda amalga oshiriladi.

Alohida e’tibor esa imkoniyati cheklangan fuqarolarga qaratilgan. Ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay panduslar, yo‘laklar, erkin harakatlanish imkoniyati va xizmat olishda yengillik yaratilgan. Bu yerda “qulaylik” so‘zi faqat yozuvda emas, amalda seziladi.

Navbat tizimi ham tartibli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ortiqcha kutish va sarsonlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Har bir murojaat — aniq jarayon, har bir xizmat — maqsadga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, markaz hududida bolalar maydonchasi ham tashkil etilgani e’tiborga molik bo‘ldi. Bu ota-onalar xizmatlardan foydalangan vaqtda bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratib berilganini anglatadi.

O‘rganish davomida markazdagi ish jarayoni oddiy xizmat emas, balki fuqaroga qulay hayot yaratishga qaratilgan tizim ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 12