Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Mahallalarda obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda
янв.21
“Novqa” MFYda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📖 Kitob — bilim manbai, deputat o‘quvchilar bilan uchrashdi
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a'zolari faoliyati to'g'risida
янв.21
Yoshlar muammolari — doimiy e’tiborda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI ANONSI
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA  SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI.
янв.21
YOSHLARNING BO'SH VAQTINI MAZMUNLI O'TKAZISH MAQSADIDA YUGIRISH MARAFONI O‘TKAZILDI.
Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasidagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch.Normo‘minov “Yangi hayot” mahallasida joylashgan 40-sonli Qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar bilan ishlash tizimi hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat olib borildi.

Deputat tomonidan aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Ch_Normominov

Slide 1 of 2