Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati K.Karimova tomonidan A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar murojaatlari qabul qilindi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan asosan “Ayollar daftari” hamda kambag‘allik reyestriga kiritilish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, mas’ullar bilan hamkorlikda joyida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etildi.

Mazkur jarayon aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3