Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tumanning “Pargos” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida ushbu toifadagi fuqarolarga moddiy yordam, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanish holati hamda mahalliy hokimlik va tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

🔷Shuningdek, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlar tomonidan ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, manzilli yordamni kuchaytirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun infratuzilmani qulaylashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3