Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHI TOMONIDAN HAFTALIK ISH REJASI ASOSIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI
янв.21
"Barlos"da elektr ta’minoti yaxshilandi
янв.21
tuman Kengashi deputati, tuman hokimi saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
📍 Saylovchilar bilan yuzma-yuz: Muammolar va yechimlar
янв.21
Kutubxona fondlari va kitob mutolaasi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi salomatligi va qulayligi — diqqat markazida
янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining yalpi majlisi kun tartibidagi masala ijrosi viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Novqa MFYda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish choralari ko‘rilmoqda
“A.Yassaviy” MFYda muhim uchrashuv o‘tkazildi!

Uchrashuv davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№ O‘RQ-415, 26.12.2016) mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi.

Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi:

— mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi;

— mahalladagi soliq inspektori faoliyati va yuklatilgan vazifalarning bajarilishi;

— ichki ko‘cha yo‘llari holati, tungi yoritish, transport tirbandliklari hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish choralar;

— bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va samarali yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1