Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHI TOMONIDAN HAFTALIK ISH REJASI ASOSIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI
янв.21
"Barlos"da elektr ta’minoti yaxshilandi
янв.21
tuman Kengashi deputati, tuman hokimi saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
📍 Saylovchilar bilan yuzma-yuz: Muammolar va yechimlar
янв.21
Kutubxona fondlari va kitob mutolaasi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi salomatligi va qulayligi — diqqat markazida
янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining yalpi majlisi kun tartibidagi masala ijrosi viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Novqa MFYda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish choralari ko‘rilmoqda
Mahalla aholisi va saylovchilar bilan deputat o’rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mahalla aholisi va saylovchilar bilan 4-Tarnaut saylov okrugi deputati O.Jumayev, 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar o’rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv aholining turli masalalari, ehtiyojlari va takliflarini bevosita deputatga yetkazish imkonini berdi. Deputat saylovchilarning fikr va mulohazalarini diqqat bilan eshitib, ularni hal etish yo’llarini belgilashga kirishdi.

Uchrashuv davomida aholi turli sohalarda o’z taklif va takroriy savollarini bildirdi. Jumladan, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, ko’p qavatli uylar va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalaridagi muammolar keng muhokama qilindi. Deputat har bir savol va taklifni batafsil ko’rib chiqib, tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishini ma’lum qildi.

Shuningdek, uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar, mahallada yangi imkoniyatlar yaratish va aholi hayotini yaxshilash bo’yicha rejalar muhokama qilindi. Saylovchilar o’z muammolari va takliflarini erkin bildirish imkoniga ega bo’lib, deputat ularni amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilashini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv saylovchilar bilan deputat o’rtasida samarali muloqotni ta’minladi. U aholi ehtiyojlarini aniqlash, ularning hayotini yaxshilash va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Deputat nazoratida olib borilayotgan ishlar mahalla aholisiga sifatli xizmat ko’rsatish va ularning muammolarini tezkor va samarali hal etishga qaratilgan. 

Slide 1 of 1