Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat hududlarda

♻️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan Jarquduq mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu tashrif davomida deputat mahallada Jarquduq mahallasi xotin-qizlar faoli M.Ulug'ovaning mahalladagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Jumladan, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilib, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅ Bunday o‘rganishlar mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2