🏛 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov va B.Toshpo‘latovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025 yil 27 dekabrdagi PQ-393-son qarori asosida Jizzax shahrida investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
⚖️Mazkur qarorga muvofiq, hududlarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, ijtimoiy obyektlarni barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa etib belgilangan.
📊O‘rganish jarayonida qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar sifati, loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
📌Shuningdek, mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilishni jadallashtirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.