Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dasturlar ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati, tumandan saylangan viloyat Kengashi deputatlari hamda Baxmal tuman Kengashi deputatlarining aholi bilan uchrashuvi
янв.21
Baxmalda qishloq xo‘jaligining yangi bosqichi.
янв.21
📍 "Do‘stlik" MFYda qurilish qizg‘in: Deputat B.Amanov hududda o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
DO‘STLIK MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARI QURILISHI NAZORATDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI ANONSI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHI TOMONIDAN Hafta davomida amalga oshirilgan ishlari
янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat va hokim o‘rinbosari saylovchilar bilan uchrashdi
Chinoz tumani. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tomonidan tumanning Beshkapa mahallasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli M.Abdusamatova joriy yilning yanvar–fevral oylarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, oilalarda ajrimlarning oldini olish, erta tug‘ruq holatlarini kamaytirish hamda aholi o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom ona” shiori ostida targ‘ibot ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida 3 nafar ayol ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirilgan. Bu boradagi ishlar aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusida faoliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3