Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHI TOMONIDAN HAFTALIK ISH REJASI ASOSIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI
янв.21
"Barlos"da elektr ta’minoti yaxshilandi
янв.21
tuman Kengashi deputati, tuman hokimi saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
📍 Saylovchilar bilan yuzma-yuz: Muammolar va yechimlar
янв.21
Kutubxona fondlari va kitob mutolaasi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi salomatligi va qulayligi — diqqat markazida
янв.21
Oliy Majlis Senati Kengashining yalpi majlisi kun tartibidagi masala ijrosi viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Novqa MFYda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish choralari ko‘rilmoqda
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari — deputatlar nazoratida

Marg‘ilon shahrida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doimiy deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan 2025-yil 12-sentabrdagi qaror asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida 5-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirilgan jihozlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari Z.G‘ofurova, doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov hamda poliklinika bosh vrachi ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, tashabbusli budjet mablag‘lari hisobidan poliklinika uchun 4 ta infokiosk, 116 ta kompyuter, 56 ta planshet, 50 ta ko‘p funksiyali printer va 17 ta smart monitor xarid qilingan.

Slide 1 of 4