Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlarni oʻrganish

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarori hamda xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yil aprel oyiga mo‘ljallangan media-rejasiga muvofiq Kengash raisi O. Babayev, deputatlar F.Axmedov va J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayevalar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish va sportni rivojlantirish maqsadida tumanning “Kichiksoy” mahallasida A.Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport maktabi faoliyati bilan tanishdilar.

🔷Bugungi kunda sport maktabida 50 nafarga yaqin mahalliy yoshlar sportning og‘ir atletika turi bilan shug‘ullanib kelishayotganligi, boshqa hududlardan kelib shug‘ullanish istagini bildirganlar uchun maktabda 27 ta yotoq o‘rinlari tashkil etilganligi ma’lum qilindi. 

🔷Deputatlar tomonidan maktabda yaratilgan qulayliklar va sharoitlar, sport zallarining trenajyor va boshqa anjomlar bilan ta’minlanganlik holatlari ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 6