Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati E.Shokirov tomonidan “Xo‘jakent” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. 

🔹O‘rganish davomida mahallaning Ugam, Bobur, Charog‘on ko‘salarida eskirgan 14 dona simyog‘ochlarni beton stolbalarga almashtirish hamda Mirzаobod ko‘chasining 800 metr qismini asfaltlashtirish haqida murojaatlar bildirildi.

🔹Aholining murojaatlari va takliflari asosida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 2