Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi faoliyati. HAFTALIK DAYJEST
янв.21
Baxmal tumanida sel-kanal yo‘lidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yashil makon — mahalla ravnaqi uchun!
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
"Deputat nazorati: Nurafshon MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi Abduaziz Zikiryayev tumanda yangi barpo etilayotgan bolalar yozgi oromgohidagi qurilish ishlarining borishi bilan shaxsan tanishdi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Deputat poliklinika faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 2026-yil 6-mart VII-17-21-3-44-K/26- sonli qarori bilan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha "Manzilli dastur" tasdiqlandi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 18- SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat tomonidan – dastur va loyihalar ijrosi nazoratda.

Oʻrganish jarayonida 42-sonli oilaviy poliklinikada aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish sohasini yaxshilash hamda ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Tashabbusli byudjet” 2025-yilning 2-mavsumida gʻolib boʻlgan loyihada 17 turdagi 105 ta 1,3 mlrd.soʻm miqdoridagi jihoz (Avtoklav, bioximik analizator, bolalar tibbiy torozisi, bolalar tibbiy torozisi, elektrokardiograf, ginekologik asboblar toʻplami, katta lor toʻplami, kir yuvish mashinasi, kompyuter, konditsioner, pikfluometr, printer, pulsoksimetr, rentgen apparat, smart monitor, tibbiy tarozi, tonometr fonendoskop, UPS)lar harid qilingani ish faoliyatida foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi.

Shuningdek, deputat Sh.Maxmudov tomonidan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish orqali aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishib kelinayotgani va zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda 42-sonli oilaviy poliklinikada yaratilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimi takomillashtirilgini hamda buning natijasida aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligini taʼkidlab oʻtdi. 

Oʻrganish yakunida deputat Sh.Maxmudov tibbiyot tizimini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha bir qator taklif va tavsiyalar berib, bu borada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 1