Samimiy va ishchan ruhda o‘tgan uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
💬Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
🔅“Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi;
🔅Mahalla hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari;
🔅Aholi murojaatlari bilan ishlashda mahalla faollarining tashabbuskorligini oshirish;
🔅Jinoyatchilikning oldini olish va oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash.
⏺Uchrashuvdan so‘ng deputat bevosita mahalla ko‘chalarini aylanib, hududning tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari va infratuzilma holati bilan tanishdi.
💬Xususan:
🔅Ko‘chalarning sanitar holati va chiqindilarni olib chiqib ketish tizimi;
🔅“Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning parvarishi;
🔅Ariqlar va piyodalar yo‘laklarining tartibga keltirilganligi ko‘zdan kechirildi.
🫥O‘rganish yakunida hududdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla mas’ullariga tavsiyalar berildi, yirikroq muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish belgilab olindi.