Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yashil makon — mahalla ravnaqi uchun!
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
"Deputat nazorati: Nurafshon MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi Abduaziz Zikiryayev tumanda yangi barpo etilayotgan bolalar yozgi oromgohidagi qurilish ishlarining borishi bilan shaxsan tanishdi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Deputat poliklinika faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 2026-yil 6-mart VII-17-21-3-44-K/26- sonli qarori bilan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha "Manzilli dastur" tasdiqlandi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 18- SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Baxmal tumanida zamonaviy Tug‘ruqxona majmuasi qayta ta'mirlanmoqda
янв.21
Aholi salomatligi yo‘lida: "Tez yordam" binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.

U yerda hozirgi kunda barpo etilayotgan 19-sonli umumta’lim maktabining 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilish ta’mirlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi. S.Konkelov qurilish ishlarining borishi, ob’yektning loyiha qiymati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish muddatlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratdi. Mutasaddilar va pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatda qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilayotgani, zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalaridan foydalanilayotgani ta’kidlandi. Mazkur maktabning qo‘shimcha binosi zamonaviy talablar asosida barpo etilib, keng va yorug‘ sinfxonalar, fan laboratoriyalari hamda sport zali kabi infratuzilmalarni o‘z ichiga oladi

Slide 1 of 3