Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda.
янв.21
“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi to’g’risida.
янв.21
HAFTALIK ANONS
янв.21
Oʻsmat shaharchasida ichimlik suvi ta’minoti deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi faoliyati. HAFTALIK DAYJEST
янв.21
Baxmal tumanida sel-kanal yo‘lidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Yashil makon — mahalla ravnaqi uchun!
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
"Deputat nazorati: Nurafshon MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi Abduaziz Zikiryayev tumanda yangi barpo etilayotgan bolalar yozgi oromgohidagi qurilish ishlarining borishi bilan shaxsan tanishdi
G‘allakor mahallasida Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Zomin tumani G‘allakor mahallasida joylashgan 47-maktab hududida millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan Navro‘z sayli yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir boshlanishida bayramga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan 47-maktab hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ezgu tashabbus hududni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlarda tabiatga mehr va e’tibor tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Zomin tumani hokimi o‘rinbosari N.Omonova, tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Sh.To‘rayev, Tuman Kengashi deputatlari O‘.Akkulov, O‘zbekiston mahallalar uyushmasining Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i S.Parmanov, Kengash kotibiyati mudiri M.G‘oibnazarov, mahalla yettiligi, maktab jamoasi, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lash!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir davomida o‘zbek xalqi hamda qo‘shni millatlarning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analari keng namoyish etildi. Tadbir doirasida milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy liboslar namoyishi hamda xalq o‘yinlari tashkil etilib, ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari esa bayramga alohida fayz va shukuh baxsh etdi.

Shuningdek, tadbir davomida G‘allakor mahallasi hududida zamonaviy futbol maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sport inshooti yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlab, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik muhitining yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Slide 1 of 7