Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan hudud aholisi murojaatlari doimiy e’tiborda. Jumladan, Farovon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ko‘charova Sarvinozning bandlikni ta’minlash va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Deputatning amaliy ko‘magi natijasida fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratildi.Mazkur yordam Sarvinoz Ko‘charovaning o‘z kasbini yo‘lga qo‘yishi, oilaviy daromadini oshirishi hamda kelgusida yangi ish o‘rinlari yaratishiga xizmat qiladi. Aholi murojaatlariga yechim topish, ularning turmush farovonligini oshirish yo‘lida bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.