Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.A.Karimov ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganish maqsadida, “Avloniy” MFY hududidagi 328-umumta’lim maktabida bo‘lib, 2025-yil “Ochiq byudjet” ikkinchi mavsumida maktab ma’muriyati tomonidan yutib olingan mablag‘ hisobidan, maktabning majlislar va madaniy tadbirlar o‘tkazish zalini qayta ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Maktab direktori hamda quruvchilar bilan suhbat qildi. Ta’mirlash ishlarining borishi, uning sifati hamda ishlarni bitirib topshirish muddati to‘g‘risida o‘z fikrini bildirdi.