Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yashil makon — mahalla ravnaqi uchun!
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
"Deputat nazorati: Nurafshon MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi raisi Abduaziz Zikiryayev tumanda yangi barpo etilayotgan bolalar yozgi oromgohidagi qurilish ishlarining borishi bilan shaxsan tanishdi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Deputat poliklinika faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining 2026-yil 6-mart VII-17-21-3-44-K/26- sonli qarori bilan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha "Manzilli dastur" tasdiqlandi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ 18- SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Baxmal tumanida zamonaviy Tug‘ruqxona majmuasi qayta ta'mirlanmoqda
янв.21
Aholi salomatligi yo‘lida: "Tez yordam" binosi qurilishi ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi tomonidan tumandagi qurilish obyektlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalqparvar komissiyasi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov hamda tuman Kengashi deputati X. Tavasharov, Xalqparvar komissiyasi a’zolari ishtirok etdi. Xususan, tuman tibbiyot birlashmasi hududida yangidan barpo etilayotgan bino qurilish jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov hamda I. Roziqov tomonidan qayd etildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalarga rasmiy aloqa xatlari yuborildi. Shu bilan birga, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 8