Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ichki yo‘lni ta’mirlash zarurati yuzasidan deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati G.Xudoyarova tomonidan Mustaqillik mahallasi hududidagi Furqat ko‘chasining yo‘l holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘chaning yo‘l qismi qoniqarsiz holatda ekani, yo‘l qoplamasi eskirgani hamda fuqarolar va avtotransport vositalari harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Shu munosabat bilan, mazkur yo‘lni asfaltlashtirish zarurligi qayd etilib, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5