Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada kambagʻallikni qisqartirish choralari koʻrilmoqda
янв.21
Ona tabiatga daxldorlik: Deputat tashabbusi amalda
янв.21
Fidokor mahallasidagi suv muammosi deputat nazoratida:
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: KO‘RBULOQ QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA
янв.21
Deputat tashabbusi: Mahalla yo‘llari xavfsiz hududga aylanadi!
янв.21
Deputatning amaliy ishi: Uyas qishlog‘ida yangi asfalt yo‘llar foydalanishga topshirildi
янв.21
Mo'g'ol mahalla fuqarolar yig'inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.
янв.21
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 23.09.2020-yildagi 637-sonli qonuni targ‘iboti haqida
янв.21
"Deputat nazorati: Temirqadam MFY yettiligi faoliyati tahlil qilindi"
Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati J. Xolbayev tomonidan Shodlik mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish jarayonida mahalla raisi va hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Aniqlanishicha, hududda bir qator dolzarb muammolar mavjud. Jumladan:

Bodomzor ko‘chasida ichki yo‘llarning holati qoniqarsiz ekani;

Bodomzor hamda Islom Karimov ko‘chalarida lotoklar bekilib qolganligi sababli suv oqimining yo‘llar va ayrim xonadonlar hududiga chiqib ketayotgani;

Ulug‘bek ko‘chasida daraxtlarning shox-shabbalari elektr uzatish tarmoqlariga tegib, chaqnash holatlari yuzaga kelayotgani aniqlandi.

 O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan kelib tushgan har bir murojaat natijasi bo‘yicha ta’sirchan deputatlik nazorati olib borilishini ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 5