Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

PK-1 va PK-2 qarorlari ijrosi: “Mirzo Ulug‘bek” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari v tuman Kengashi deputati F.Turayev, tuman IIB shaxsiy tarkibi MFY yettiligi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalaga alohida e’tibor qaratildi: huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirish;

xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlar barvaqt oldini olish;

jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish holatlariga qarshi kurashish;

mahallada xavfsiz va barqaror muhit yaratish.

Tadbir doirasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib,fuqarolar fikr va taklifi tinglandi. Mahallada huquqiy madaniyatni oshirish,yoshlar va oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2