Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati mahallada fuqarolar bilan uchrashdi
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI
янв.21
DEPUTAT UCHRASHUVI
янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G.Usmonova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi raisi A.Abdurahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

         Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati G.Usmonova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tumani Kengashi raisi A.Abdurahmonov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

        Tashrif doirasida Bag‘dod tumanidagi Bordon mahalla fuqarolar yig‘iniga borilib, mahalla faollari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash masalalari muhokama qilindi. 

        Shu bilan birga, mahalla hududida joylashgan 43-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, oziq-ovqatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati va qish mavsumida isitish tizimi ko‘zdan kechirildi.

       Shuningdek, Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Slide 1 of 10