Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Ayollar manfaatlari — davlat siyosati markazida

️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari I. Tokareva, Z. Shodiyeva, J. Achilov hamda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Mahmudova ishtirokida partiyaning faol xotin-qizlari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv tashkil etildi.

️Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan soʻnggi yillarda qonunchilikka kiritilgan yangiliklar, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Mahmudova ham soʻzga chiqib, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va faolligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda joylarda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

️Muloqot jarayonida faol xotin-qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Xususan, tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan ayollarni himoya qilish, ularga huquqiy, psixologik hamda ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

️Deputatlar tomonidan tazyiqqa uchragan ayollar bilan ishlash tizimi, himoya orderini rasmiylashtirish tartibi, reabilitatsiya jarayonlari hamda ularni jamiyatga moslashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bunday holatlarning barvaqt oldini olishda mahalla institutlari, jamoatchilik va davlat organlarining oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

️Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 1