Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Deputat tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o’rganildi

7-Qaxramon saylom okrugi deputati Axadov Xurshib Axror o’g’li tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati joyida o’rganildi. O’rganish jarayonida markazda yoshlar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar, kitobxonlik muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlar hamda mavjud adabiyotlar fondi holati bilan yaqindan tanishildi.

 Shuningdek, o’quv zallarining jihozlanishi, kompyuter texnikasi va internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, elektron axborot resurslaridan foydalanish tizimi ko’zdan kechirildi.

Deputat markaz xodimlari bilan suhbat olib borib, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o’tkazish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar oldi. O’rganish davomida markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar uchun qulay muhitni kengaytirish va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. 

Mazkur o’rganish ishlari yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va axborot-kutubxona xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Slide 1 of 1