Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi Bog‘ishamol mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda tuman Kengasi deputati S.Bekmurodova, “mahalla ettiligi” ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘mak berish kabi qator masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni batafsil tinglab, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Slide 1 of 8