Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi hamda Madad nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etildi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, ularning murojaatlarini tizimli ravishda ko‘rib chiqish hamda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Endilikda tuman Kengashi deputatlari va “Madad” NNT vakillari tomonidan:

aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish;

amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;

fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yuridik yordam ko‘rsatish;

sayyor qabullar va ochiq muloqotlar tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi hamda himoya qila olishiga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik orqali hududda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 2