Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar

 Deputatlar Rasta mahallasida aholi muammolarini o‘rgandilar 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlarining saylov okruglarida aholi bilan ochiq muloqotlar
o‘tkazish, mahallalardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning
ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi ishlari tasdiqlangan reja-jadval asosida
davom etmoqda. 

Ana shunday
uchrashuvlardan biri Rasta mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. Unda xalq
deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Sayfiddinova, tuman Kengashi deputati G.O‘ktamova,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari K.Axmadjonovlar ishtirokida
“mahalla yettiligi” va faollari bilan o‘tkazildi. 

Muloqot davomida
deputatlar mahallada aholini qiynayotgan dolzarb masalalar - infratuzilmani yaxshilash,
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarni muhokama
qildilar. 

Shuningdek,
mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yoshlar va xotin-qizlar
bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan fikrlar almashildi,
berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.  

Slide 1 of 2