Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2024 yildagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-465-sonli qarorining tumandagi ijrosi muhokama qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan samarali foydalanish, yer resurslaridan oqilona foydalanish orqali mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar belgilangan.

Komissiya tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 6