🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi"ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda shahar hokimining birinchi o'rinbosari A.Kadirov, shahar hokimining qurilish masalalari bo'yicha o'rinbosari X.Mamajonov, shahar Moliya bo'limi boshlig'ining moliya va budjet masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Umarovlarning hisobotlari eshitildi.
🔹Komissiya raisi A.Qasimov va deputat M.Mexmonovlar taklif va tavsiyalarini bildirib, ko'rilgan masalalar bo'yicha "Nazorat tahliliy tadbir" amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilashdi.
🔹Mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilandi.