Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡ELEKTR SIMYOG‘OCHLARINI ALMASHTIRISH MASALASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
Baxmal tumanida ipak qurtini boqishni tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
янв.21
Baxmal tumanida intensiv bog‘lar barpo etish ishlari davom etmoqda
янв.21
🔷 Muammo o‘z yechimini topdi:
янв.21
DEPUTATLAR ISHTIROKIDA HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
QULAY VA XAVFSIZ YO‘LLAR SARI YANA BIR QADAM!
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YO‘L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
янв.21
DEPUTAT SO'ROVI IJROSI HAQIDA
янв.21
"Bir mahalla - bir tashabbus"
янв.21
DEPUTAT SO'ROVIGA MUNOSABAT
Ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish – ustuvor vazifa

Tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi 12-“Terakzor” saylov okrugi deputati Bobojonova Gulchexra Pazlidinovna hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tumanda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ayollar bandligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va oilaviy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishsiz xotin-qizlarni aniqlab, ularni manzilli dasturlar asosida ish bilan ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bobojonova Gulchexra Pazlidinovna o‘z so‘zida ayollar jamiyat tayanchi, oilaning mustahkam ustuni ekanini alohida qayd etib, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlash – hududni barqaror rivojlantirishning muhim omili ekanini ta’kidladi. Har bir mahallada xotin-qizlar bilan individual ishlash, muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi belgilandi.

Slide 1 of 6