Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandumga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar: Jumladan,
-aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish;
-mahalliy Kengashlar qarorlar va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash;
-Kengash deputatlari va kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish;
-aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish.
Mazkur Memorandumning yuqorida qayd etilgan hamkorlik sohalari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
-aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etish;
-ko‘ngilli yuristlarni jalb etish;
-Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar tashkil etish;
-mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish;
-aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish ishlarini hamkorlikda amalga oshirilishi kuzda tutilgan.