Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari o‘rganildi

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova hamda tuman Kengashi deputati K.Djumanazarovalar tomonidan "Yuqoriovul" mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Unda mahalla “yettiligi” faoliyati atroflicha o‘rganilib, aholi bilan ishlash tizimi, mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda hududni obodonlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1