Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Alisher Navoiy — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli”

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Yuldashova Sevara tashabbusi bilan tumandagi 23-sonli umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Alisher Navoiy ijodining boy ma’naviy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy o‘zlikni anglashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari va ruboiylari ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar va ona tiliga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.