Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
30-iyun — Oʻzbekiston yoshlari kuni muborak! Aziz yoshlar, ertamiz egalari!
янв.21
Sessiya kotibi axboroti tinglandi.
янв.21
Doimiy komissiyalar shaxsiy tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar tashabbusi: Baxmal tuman madaniyat bo‘limi binosi ta’mirlanadi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlari ijrosi holati, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Sessiya kotibi saylandi
янв.21
✨ 30-iyun – Yoshlar kuni
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada piyodalar uchun qulay sharoit yaratilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bosh mutaxassisi A.Toshtemirov hamkorligida amaliy muloqot va tajriba almashinuvi tadbiri tashkil etildi.
Olis hududga olib boruvchi yo‘l yangilandi

Nakurt mahallasi Payariq tumanining eng olis tog‘li hududi hisoblanadi. Qariyb 20 ming aholi yashaydigan bu manzil tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov bu hududda bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Qishloqqa olib boruvchi qariyb 3 kilometr yo‘lga yangi asfalt qoplamasi yotqizilganini guvohi bo‘ldi. Faxriylar bilan uchrashib, ularning takliflarini eshitdi.

Kengash raisi tog‘lar bag‘rida joylashgan qishloq aholisi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, hududda infratuzilmani yanada yaxshilash borasida keyingi yillarda keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirish davom etishini bildirdi.

Bu hududda turistik manzillarni barpo etish, ichki turizmni ham yo‘lga qo‘yish, hatto xorijlik sayyohlarni jalb etish uchun munosib sharoitlar yaratish reja qilinayotgani aytib o‘tildi. 

Slide 1 of 2