Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va aholi muloqoti
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ-264-son qarori va Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V sonli qarori ijrosi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Deputat maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining o‘n to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Eng namunali mahalliy Kengash” tanlovini tashkil etish bo‘yicha Baxmal tumanida namunali seminari to'g'risida
янв.21
O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
янв.21
Етакчилар сермаҳсул музокараларни якунладилар
янв.21
kuz-qish mavsumiga tayyorlash
Insoniylik va oliyjanoblikning yorqin namunasi — Buxoroda amalga oshirilgan ezgu ish

  

Jamiyatda ezgulik va mehr-shafqat g‘oyalarini hayotga tatbiq etish, muhtojlarga yelkadosh bo‘lish — bu har bir oliyjanob insonning muqaddas burchi. Ana shunday ibratli amallardan biri Buxoro shahrida amalga oshirildi. 

Buxoro shahar Kengashi deputati R.Ismatova o‘z faoliyatini insonparvarlik asosida yo‘lga qo‘ygan halol va fidokor vakillardan biridir. Yaqinda u 63-Sheyxon mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va 1-guruh nogiron fuqaro — R.G‘ulomovaning holidan xabar oldi. Robiya opa moddiy jihatdan qiyin ahvolda ekanini, xonadonda kanalizatsiya tizimi va xandaq mavjud emasligi, buni o‘rnatish imkoni yo‘qligini mahalla faollari orqali bildirgan edi. 

Bu holatdan xabardor bo‘lgan R. Ismatova masalani hal etish maqsadida Buxoro shahrida samarali ish yuritayotgan tadbirkor — “Lazzat” MCHJ rahbari Komilov Umidga murojaat qildi. Homiylik asosida amalga oshirilgan bu xayrli tashabbus natijasida R.G‘ulomovaning xonadoniga zamonaviy kanalizatsiya tizimi va suv chiqarish xandag‘i o‘rnatildi. 

E’tibor va g‘amxo‘rlikdan bahramand bo‘lgan Robiya opa va uning yaqinlari samimiy minnatdorlik izhor etib, o‘z duolarini yo‘llashdi. Ularning shodlik ko‘z yoshlari, samimiy so‘zlari amalga oshirilgan ishning naqadar ahamiyatli va zarur ekanini yaqqol namoyon etdi. 

 Aslida, inson qalbida rahm-shafqat va yordam qo‘lini cho‘zish istagi bo‘lsa, har qanday muammo yechim topadi. Deputat Ra’no Ismatova va tadbirkor Umid Komilovning bu xayrli tashabbusi nafaqat bir oilani xursand qildi, balki jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. 

Har bir bunday amal — kelajak avlod uchun ibrat, ezgulik ufqida yo‘l ko‘rsatuvchi mayoqdir.  

Slide 1 of 10