Yangiliklar

Deputat A.Kamolov "Saxovat" MFYdagi 47-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rgandi

Deputat A.Kamolov "Saxovat" MFYdagi 47-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rgandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash hamda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat A. Kamolov o'z okrugidagi "Saxovat" MFYda joylashgan 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldi.

Tashrif davomida deputat ta'lim muassazasining bo'lg'usi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini yaqindan ko'zdan kechirdi. Xususan:

Maktabning isitish tizimi, qozonxona jihozlari va ularning ishga yaroqlilik darajasi;
Xonalardagi issiqlikni saqlash sharoitlari, deraza romlari hamda esiklarning holati;
Zaxira qattiq yoqilg'i (yoki energiya manbalari) bilan ta'minlanganlik masalalari o'rganildi.

O'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchi yoshlarga qish faslida qulay, issiq va xavfsiz ta'lim muhitini yaratish yuzasidan maktab ma'muriyati va mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.