Yangiliklar

Ta'limga oid qonunlar ijrosi va 48-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o'rganildi

 Ta'limga oid qonunlar ijrosi va 48-sonli maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijrisini ta'minlash hamda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat A. Kamolov o'z okrugidagi 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'ldi.

Tashrif davomida deputat ta'lim sohasiga oid O'zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qarorlari ijrosini joyida o'rgandi.

Shuningdek, ta'lim maskanining bo'lg'usi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yaqindan ko'zdan kechirildi.