Yangiliklar

Aholi murojaatlari — e’tibor markazida

Aholi murojaatlari — e’tibor markazida: Tuman hokimi, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Xabibullo Bozorov fuqarolarni qabul qildi

Uzun tumani hokimi, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Xabibullo Bozorov Xursand mahallasida aholi vakillari bilan uchrashib, shaxsiy qabul oʻtkazdi.

Muloqot davomida fuqarolar murojaat va takliflari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topsiriqlar berildi. Har bir murojaatni atroflicha oʻrganish, qonuniy yechim topish hamda aholi roziligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida oʻrganish va ularning yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.