Yangiliklar

26-SESSIYADA BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH BO‘YICHA QARORLAR QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 26-sessiyasida mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, ustuvor yo‘nalishlarni moliyalashtirish hamda hududlarda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi to‘rtinchi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ–387-son qaroriga muvofiq, Termiz shahar mahalliy budjetining 2026-yil II va III choraklari davomida qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllangan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, budjet tashkilotlariga 2026-yil uchun ajratilgan mablag‘larning maqbullashtirilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida mazkur masalalar yuzasidan tegishli qarorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlar mahalliy budjet mablag‘larini belgilangan maqsadlarga yo‘naltirish, hududiy ehtiyojlarni moliyalashtirish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Slide 1 of 10