Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan mahalliy budjet mablag‘larini yo‘naltirish, budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Jumladan, 2026-yilning II va III choraklarida qo‘shimcha manbalar hisobidan shakllangan 760 million 833 ming so‘m, shuningdek, budjet tashkilotlariga ajratilgan mablag‘larning maqbullashtirilgan qismi hisobidan shakllangan 1 milliard 972 million 967 ming so‘m mablag‘ni tegishli yo‘nalishlarga ajratish bo‘yicha takliflar muhokama qilinmoqda.
Muhokamalarda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, budjet tashkilotlarining zarur xarajatlarini moliyalashtirish hamda shahar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning fikr va takliflari tinglanmoqda.