Yangiliklar

Guliston mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Guliston mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Qamashi tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Turopova tomonidan Guliston mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

👥 O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xotin-qizlar faolining mahalla aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar bilan hamkorlikda ish olib borishi, ularning murojaatlari va takliflariga munosabat bildirishi hamda mavjud muammolarni hal etishdagi ishtiroki ko‘rib chiqildi.

🤝 Bugungi kunda mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va hayotda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, xotin-qizlar faolining aholi bilan tizimli ishlashi, har bir oilaning ijtimoiy holatini o‘rganishi hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatishi muhim ahamiyat kasb etadi.

📋 Shu bilan birga, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish, shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishlarda mahalla mutasaddilari, tegishli tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📊 O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishlarni tizimli tashkil qilish va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

✅ Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yechim topish, shuningdek, mas’ul xodimlarning vazifalar ijrosiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.